RUSCLUB
ТРКИ standarti · A1–C1

Rus tilidagi darajangizni aniqlang va rivojlantiring.

A1 dan C1 gacha rus tili testlari, shaxsiy natijalar va ustoz nazorati.

Test yechishni boshlashDarajamni bepul aniqlash

Ommaviy testlar hamma uchun ochiq — ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

5
bosqich
A1 dan C1 gacha
20
mavzu
grammatika va leksika
300+
savol
o‘zbekcha izohlar bilan

Test yechishning ikki yo‘li

Saytga kiring, «Test yechish» ni bosing va o‘zingizga mosini tanlang.

Hamma uchun ochiq

Ommaviy testlar

Istalgan kishi kira oladi. Bosqichni tanlang, 10 ta savolga javob bering va darajangizni darhol ko‘ring. Kirgan bo‘lsangiz — ball to‘planadi.

Boshlash →

Guruh uchun

Mavzu bo‘yicha testlar

Guruh o‘quvchilari uchun. Dars mavzusiga oid test e’lon qilinadi va o‘quvchilar uni saytda birgalikda yechadi.

Guruh o‘quvchilari uchun

Bosqichlar

Darajangizni ustoz belgilaydi — bilimingizga qarab to‘g‘ri bosqichdan boshlaysiz.

A1

Boshlang‘ich

Элементарный

A2

Bazaviy

Базовый

B1

O‘rta

Первый сертификационный

B2

O‘rtadan yuqori

Второй сертификационный

C1

Ilg‘or

Третий сертификационный

Qanday ishlaydi

To‘rt qadamli takrorlanuvchi jarayon.

  1. 1

    Mavzu tushuntiriladi

    Grammatika o‘zbek tilida, misollar bilan. Yodlash emas — tushunish.

  2. 2

    Test e’lon qilinadi

    Dars mavzusiga oid test guruhga e’lon qilinadi — hamma bir vaqtda yechadi.

  3. 3

    Xatolar tahlil qilinadi

    Har xato uchun izoh: nega noto‘g‘ri va qoida qanday. Tushunarsiz joy qolmaydi.

  4. 4

    Taraqqiyot kuzatiladi

    Ustoz har bir o‘quvchining natijasini ko‘rib turadi va kimga yordam kerakligini biladi.

Test formatlari

Hammasi saytda yechiladi. Bot faqat kirish uchun ishlatiladi.

Ommaviy testlar

10 savol · cheksiz

Saytda istalgan kishi yechadi — login shart emas. Bosqichni o‘zingiz tanlaysiz.

Boshlash →

Mavzu bo‘yicha testlar

10 savol · guruh uchun

Guruh o‘quvchilari uchun. Dars mavzusiga oid test e’lon qilinganda saytda paydo bo‘ladi.

Guruh o‘quvchilari uchun

Daraja aniqlash testi

20 savol · bepul

A1 dan C1 gacha. Taxminiy darajangiz va qaysi guruhdan boshlash kerakligi aniqlanadi.

Boshlash →

Bosqich imtihoni

30 savol · 40 daqiqa

Butun bosqich bo‘yicha yakuniy sinov. E’lon qilinganda «Mavzu testlari» bo‘limida chiqadi.

Guruh o‘quvchilari uchun

Ustoz

Dilnavoz Olimjanova

Rus tili o‘qituvchisi

Rus tilini o‘rgatishda asosiy e’tiborni qoidalarni yodlashga emas, tilni tushunib ishlatishga qarataman. Har bir mavzudan keyin test yechiladi, xatolar birgalikda tahlil qilinadi va o‘quvchi aynan nimani takrorlashi kerakligini aniq biladi.

Dars formatlari

O‘zingizga qulayini tanlang — dastur bir xil.

Guruh darslari

Kichik guruhlarda. Guruhdoshlar bilan muloqot va sog‘lom raqobat o‘rganishni tezlashtiradi.

Ma’lumot olish

Individual darslar

Dastur sizning maqsadingizga moslanadi: sertifikat, ish, o‘qish yoki kundalik muloqot.

Ma’lumot olish

Onlayn darslar

Uydan chiqmasdan. Materiallar va testlar shu platformada — dars tugagach mustahkamlaysiz.

Ma’lumot olish

Ko‘p so‘raladigan savollar

Test bepulmi?+

Ha. Ommaviy testlar va daraja aniqlash testi butunlay bepul, ro‘yxatdan o‘tish ham talab qilinmaydi. Istagancha yechishingiz mumkin.

Testlar qayerda yechiladi?+

Barcha testlar saytda yechiladi — telefonda ham, kompyuterda ham. Telegram bot faqat kirish (login) uchun ishlatiladi.

Qanday kiraman?+

Header dagi «Kirish» tugmasini bosasiz — Telegram bot ochiladi va sizga bir martalik havola beradi. Havolani bossangiz saytga kirasiz. Keyingi safar sayt sizni avtomatik taniydi — qayta kirish shart emas.

Ommaviy test bilan mavzu testining farqi nima?+

Ommaviy test — hamma uchun ochiq: bosqichni o‘zingiz tanlab, darajangizni sinab ko‘rasiz. Mavzu testi — guruh o‘quvchilari uchun: dars mavzusiga oid test e’lon qilinganda yechiladi.

Qaysi darajalar mavjud?+

A1, A2, B1, B2 va C1 — ТРКИ sertifikat tizimidagi barcha bosqichlar. Hozircha A1 va A2 bo‘yicha to‘liq savollar bazasi tayyor.

Nega mavzu testlari hamma uchun ochiq emas?+

Mavzu testlari o‘quv dasturiga bog‘langan: guruh ularni bir vaqtda, teng sharoitda yechadi. Guruhga qo‘shilganingizdan so‘ng bo‘lim siz uchun faollashadi.

Testni telefonda yechsa bo‘ladimi?+

Ha. Sayt telefon uchun alohida moslashtirilgan — Telegram ichida ochilganda ham to‘liq ishlaydi.

Reyting

Top o‘quvchilar

Test yechgan sari ball to‘planadi. Har bosqichda o‘z reytingingiz bor — kirib, ro‘yxatga qo‘shiling.

Reyting hali boshlanmagan

Birinchi bo‘lib test yeching — ismingiz shu ro‘yxatda birinchi bo‘lib turadi.

Test yechish